AbroBey "Bolalik" nomli trekini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 441
AbroBey "Bolalik" nomli trekini e'lon qildi

“Qimmat dunyo” treki bilan tanilgan Abrobey navbatdagi qoʻshigʻini e’lon qildi. U “Bolalik” deb nomlanadi. Ushbu trekda ijodkor bolalik xotiralari haqida kuylaydi. Undagi holatlar koʻpchilikda uchragani aniq.

“Bolalik"ka mud video ham ishlangan, unga Ma’murjon Obrahmatov prodyuserlik qilgan, Behruz Bahodirov esa tasvirchi va montajchi boʻlib ishlagan.

Qoʻshiqni musiqiy platformalarda ushbu havola orqali, YouTube’da esa quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, AbroBeyning “Qimmat dunyo” qoʻshigʻi YouTube’da 10 milliondan ortiq koʻrildi, avvalroq biz u bilan suhbatlashgandik, oʻsha intervyuda reper yuqoridagi trek haqida ma’lum qilgandi.