DJ King Macarella Munisa Rizayevaning qoʻshigʻiga remiks qildi
E’lon qilingan sana: · 325
Oʻzbekistonlik mashhur didjey King Macarella xonanda Munisa Rizayevaning “Sekin-asta” qoʻshigʻiga remiks qildi. DJ yangi trekni 19-dekabr kuni oʻz YouTube sahifasiga joyladi.
DJ King Macarella bundan oldin ham bir nechta mashhur qoʻshiqchilar bilan kollab qilgan, xususan, Sevinch Moʻminovaning “Ne boʻldi” qoʻshigʻiga qilingan remiks katta mashhurlikka erishgan va Macarellaning konsertida ham uni birga kuylashgan. Shuningdek, Dilnoza Ismiyaminovaning “Doʻppi tikdim” qoʻshigʻi ham.
“Sekin-Asta” trekini DJ KIng Macarella talqinida quyida tinglashingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz avvalroq DJ King Macarella’ning “Bayram'24” konsertidan fotoreportaj e’lon qilgandi.