Tanqidlar ostida qolgan "Joker 2", "El-Klasiko" va "Oltin toʻp": Oktyabr oyining eng yaxshi memlari
Bugungi kunda memlar hayotimizning asosiy qismiga aylangan. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda minglab kulgili rasmlarga koʻzimiz tushadi. Mem madaniyatini oʻrganish, uni kuzatib borish foydadan holi boʻlmaydi. Afisha.uz oktyabr oyi davomida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan memlarni bir yerga yigʻdi.
“Joker: ikki kishi uchun telbalik” premyerasi
4-oktyabr kuni butun dunyo boʻylab “Joker: ikki kishi uchun telbalik” filmining premyerasi boshlandi. Kinokartina koʻplab tomoshabinlar va mutaxassislarning tanqidlariga sabab boʻldi.
“Bilasizmi, Xoakin Feniks „Joker“ filmida aqlan nosogʻlom va tushkunlikka tushgan odam rolini oʻynash uchun „Joker: ikki kishi uchun telbalik“ filmini tomosha qilgan”
Xamdam Sobirov va Ozoda Nursaidova
Oʻzbekistonlik X (sobiq Twitter) foydalanuvchilari Psy va 2012-yil haqidagi mashhur memni oʻzbekchalashtirdi. Unda hozirgi kunda sermahsul ijod qilayotgan Xamdam Sobirov va Ozoda Nursaidovaga toʻxtalib oʻtilgan.
X foydalanuvchilari trendni davom ettirdi.
Ajemoʻgʻlu va Robinson Nobel mukofoti sovrindori boʻldi
Oʻzbek oʻquvchisiga oʻzining “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (“Why Nations Fail”) kitobi bilan tanish boʻlgan iqtisodchilar Daren Ajemoʻgʻlu va Jeyms Robinson Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbek tili bayrami kuni
Oktyabr oyining yigirma birinchi sanasida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayram sifatida nishonlanadi. Bu haqda turli xildagi memlar, hazillar qilinadi. Ammo biz bu toʻplamga ularning eng yaxshi va ijobiysini olishga qaror qildik.
“El-Clasico” va “Oltin toʻp”: futbol haqidagi memlar.
Oktyabr oyida butun dunyo futbol muxlislarini ikkiga boʻladigan oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda “Real Madrid” “Barselona"ni qabul qildi va 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Oʻyinda kataloniyaliklarning asosiy quroli ofsaydlar boʻldi.
Oʻzining ilk “El-Klasiko"sini oʻtkazayotgan Kilian Mbappe uchrashuvda hisobni chiroyli tarzda ochdi va uni nishonladi. Biroq gol ofsayd sabab bekor qilindi. “Barselona"ning toʻrtinchi goli ham chiroyli chiqdi va gol muallifi Rafinya uni Mbappe kabi nishonladi.
Oxirgi beshta “El-Klasiko” natijalari:
Keyinroq esa “Oltin toʻp” topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Sovrinni “Manchester Siti” futbolchisi Rodri qoʻlga kiritdi. U jarohat olgan boʻlib, hozirda qoʻltiqtayoq bilan harakatlanmoqda.
Koʻplab futbol muxlislari sovrinni “Real Madrid” futbolchisi Vinisius Junior qoʻlga kiritishini kutgandi. Ammo u gʻolib boʻlmadi va, albatta, bu haqda ham memlar yaratildi. Quyida ularning eng yaxshi va tushunarlisi:
Ushbu jamlanma koʻngil ochish maqsadida tayyorlandi. Unda hech kimni haqorat qilish, ustidan kulish maqsadi koʻzlanmagan. Kuling, umringiz uzoq boʻladi!