Nyu-Yorkda 1980-yillardagi Markaziy Osiyo musiqalariga oid vinilli plastinka chiqarildi

E’lon qilingan sana· 65
Nyu-Yorkda 1980-yillardagi Markaziy Osiyo musiqalariga oid vinilli plastinka chiqarildi

Oʻzbekistonlik didjey va prodyuser Anvar Qalandarov Nyu-York shahrida 1980-yillardagi Markaziy Osiyo estrada musiqalari yozilgan vinil plastinkani e’lon qildi.

Plastinka 1980-yillardagi oʻzbek diskoteka qoʻshiqlari, tojik folktronikasi, uygʻur roki va qrim-tatar jazziga oid 15 ta qoʻshiqni birlashtirgan boʻlib, ular orasida Nasiba Abdullayeva hamda “Bolalar” guruhining qoʻshiqlari ham mavjud.

Bundan tashqari, Anjelina Petrosova, Xurmo Shirinova, Natalya Nurumhamedova, Maxfirat Hamroqulova kabi qoʻshiqchilar, shuningdek, “Yashlik”, “Efsane”, “Nassef Minoralari” kabi guruhlar treklari plastinkadan oʻrin olgan.

Ilhom disko klubi

Gramofon disko klubi

Maxfirat Hamroqulova

“Yoshlik” uygʻur guruhi

Xurmo Shirinova

“Nassef Minoralari” guruhi

Vinilli plastinkani ushbu havola orqali sotib olish mumkin.