Linkin Park guruhi "Arkeyn" multseriali uslubidagi klip va qoʻshiqni e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 53
Linkin Park guruhi "Arkeyn" multseriali uslubidagi klip va qoʻshiqni e'lon qildi

Linkin Park rok-guruhi “Heavy is the Crown” nomli yangi qoʻshiq va unga ishlangan videoklipni e’lon qildi.

“Heavy is the Crown” qoʻshigʻi “League of Legends” oʻyini boʻyicha Jahon chempionati madhiyasiga, shuningdek, anime saundtrekiga aylanadi. Worlds-2024 turniri 25-sentyabrdan 2-noyabrga qadar London, Parij va Berlinda boʻlib oʻtadi. Yutuq jamgʻarmasi 2 000 000 AQSH dollaridan ortiq (25 344 620 000 so‘m) boʻlgan turnirda 20 ta jamoa ishtirok etadi.

E’lon qilingan qoʻshiq guruhning 15-noyabrda chiqishi kutilayotgan “From Zero” nomli yangi albomiga kiradi. Albomdan oʻrin oladigan qoʻshiqlar roʻyxati allaqachon Spotify’da mavjud. Oldinroq Linkin Park guruhining “The Emptiness Machine” qoʻshigʻi ham chiqarilgandi.