Linkin Park rok guruhi yangi tarkibini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 196
Linkin Park rok guruhi yangi tarkibini e'lon qildi

Chester Bennington oʻlimidan yetti yil oʻtib Linkin Park rok guruhi yangi vokalchi — “NFS: Most Wanted” filmining saundtreki bilan tanilgan Emili Armstrong bilan qaytmoqda. “G Flip”, “Illenium” va “One OK Rock” prodyuseri Kolin Britteyn (yangi barabanchi va Linkin Park’ning prodyuseri) ham guruhga qoʻshildi.

Yangilangan tarkibga ega guruh 15-noyabr kuni From Zero (Noldan) nomli yangi albomini chiqarishga va’da berdi. Bundan oldin esa Linkin Park quyidagi shaharlarda konsert beradi:

  • 11-sentyabr — Los-Anjeles (AQSh);
  • 16-sentyabr — Nyu-York (AQSh);
  • 22-sentyabr — Gamburg (Germaniya);
  • 24-sentyabr — London (Buyuk Britaniya);
  • 28-sentyabr — Seul (Janubiy Koreya);
  • 11-noyabr — Bogota (Kolumbiya).

Yangi albomning birinchi qoʻshigʻi boʻlgan The Emptiness Machine deb nomlangan singlni esa hozirdan eshitish mumkin.