“Sharq taronalari” festivali doirasida yutuqli tanlov e'lon qilindi
Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Mazkur tanlov 26−30-avgust kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida tashkil etilmoqda.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini, madaniy merosini targ‘ib qilish va xorijdagi turistlarni O‘zbekistonga jalb qilishdan iborat, — deyiladi xabarda.
Tanlov quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:
- “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovida videorolik 3 minutlik bo‘lishi, foto sifati talab darajasida bo‘lishi;
- “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovi Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lishi;
- adabiy til normalariga javob berishi;
- asoslantirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Nominatsiyalarining har bir g‘olibi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishish mumkin. Media materiallarni topshirish muddati — tadbir doirasida.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar media materiallarni massmedia@nationalprcentre.com pochtasiga yuborishlari lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot olish mazkur Telegram akkauntga yozish mumkin: @uzbtravelsupport