"Bojalar" guruhi Parij Olimpiadasi sovrindorlariga bagʻishlangan qoʻshiq e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 299
“Bojalar” guruhi Parijda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari sovrindorlariga bagʻishlangan “Parij 2024” deb nomlangan qoʻshiqni e’lon qildi.
Qoʻshiqda Olimpiadada ishtirok etgan hamda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar ismlari tilga olinadi. “Bojalar” guruhi 2016-yilda Rio de Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada sovrindorlari haqida ham “Chempion” nomli qoʻshiq yaratgandi.
Ma’lumot uchun, oʻzbekistonlik sportchilar Parij Olimpiadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egallagandi.
“Bojalar” guruhining “Parij 2024” nomli qoʻshigʻini quyidagi havola orqali tinglash mumkin.