Ovoz. Birinchi mavsum finalchilari ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 2 886
Ovoz. Birinchi mavsum finalchilari ma'lum boʻldi

Ushbu bosqichda loyihada kim qolishini ustozlar emas, muxlislar hal qildi.

3-avgust kuni “Ovoz” loyihasining ikkinchi yarim final bahslari boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng birinchi mavsum finalistlari ma’lum boʻldi.

Birinchi yarim final bahslari 26-iyul kuni oʻtkazilgandi. Unda Tohir Sodiqov va Farruh Zokirov jamoalari chiqish qilib, birinchi finalchilarni aniqlashgandi. Ushbu bosqichda loyihada kim qolishini ustozlar emas, muxlislar hal qildi. Ya’ni ijrolar yakunlanganidan soʻng muhlislarga ovoz berish uchun vaqt berildi. Berilgan ovozlar hisoblanib, yakunda kim koʻproq ovoz yiqqan boʻlsa, oʻsha ishtirokchi final bosqichiga yoʻl oldi.

Farruh Zokirov jamoasidan 39,5 foiz ovoz toʻplagan Umida Qozoqboyeva finalga chiqdi. U Ozoda Nursaidovaning “Xolos” qoʻshigʻini ijro etdi. Ushbu bosqichda unga Sarvinoz Kamolova (36,8 foiz) va Lia Beatriz (23,6 foiz) raqiblik qildi, ammo ovozlar kamligi tufayli ular ishtirokini shu bosqichda yakunladi.

Tohir Sodiqov jamoasidan Anna Gurjiyeva 35 foiz ovoz toʻplagan holda final bosqichiga yoʻl oldi. U Yulduz Usmonovaning “Dunyo” treki bilan chiqish qildi. U bilan birgan Hojiakbar Tojiboyev (32,8%) va Dilnoza Akbarovalar (32,1 foiz) shu bosqichga yetib keldi. Ta’kidlash joiz, eng yuqori raqobat aynan shu guruhda kuzatildi.

Uchinchi final Ozodbek Nazarbekov jamoasidan esa uning “Aytib ber” qoʻshigʻini ijro etgan Zafar Gʻofurov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U 46,8 foiz ovoz yigʻdi. Jamoada undan tashqari Madinabonu Adilova (38%) va Madlen Sharipovalar (15,1%) chiqish qildi.

Sevara Nazarxon jamoasidan esa Shohruhmirzo Gʻaniyev finalga yoʻl oldi. U sahnada Aytekin Atashning “Var Git Olum” qoʻshigʻini ijro etdi. Ushbu bosqichga u bilan Saida Muhammetzyanova (45,6%) va Yulduz Nazarxonovalar (5,5%) yetib kelgandi.

“Ovoz” loyihasining final bosqichida 11-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Uni jonli efirda “ZoʻrTv” telekanali orqali yoki chipta sotib olib, zaldan tomosha qilish mumkin.