Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi suratlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 890
Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi suratlari e’lon qilindi

CNN 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlaridan olingan eng yaxshi suratlarni e’lon qildi. Nashr jamlanmasidan O‘zbekiston vakillari — dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev va futbol muxlislari aks etgan fotosuratlar o‘rin olgan.

Amerikalik gimnastikachi Simona Bayls 1-avgust, payshanba kuni individual ko‘pkurash bahslarida to‘sinda chiqish qildi. Sportchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Braziliyalik gimnastikachi Rebeka Andrade ham 1-avgust kuni individual ko‘pkurash bo‘yicha polda chiqish qildi. Andrade ketma-ket ikkinchi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Xitoylik Chjen Singven 1-avgust kuni Olimpiada o‘yinlarining yarim finalida dunyoning 1-raqamli va gruntda kuchli hisoblanadigan tennischisi polshalik Iga Svitekni mag‘lubiyatga uchratdi.

1-avgust kuni dzyudo bo‘yicha yarim finalda Ozarbayjon vakili Zelim Kotsoev va o‘zbekistonlik Muzaffarbek Toʻroboyev jang qildi. Kotsoev oltin, Toroboev bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ledekki 1500 metrga suzish boʻyicha ikkinchi o‘rinni egallagan raqibidan katta ustunlikka erishdi. Bu gʻalabasi bilan Ledekki amerikalik Jenni Tompsonni ortda qoldirib, suzuvchi ayollar orasida eng koʻp Olimpiya oltin medallarini qoʻlga kiritgan sportchiga aylandi. Ledekki, shuningdek, tarixdagi eng koʻp gʻalaba qozongan ayol suzuvchilar orasida Tompson va Dara Torresdan oʻtib ketdi, u oʻzining 12-Olimpiada medalini qoʻlga kiritdi.

Repper Snoop Dogg 31-iyul kuni plyaj voleyboli musobaqasi oldidan raqsga tushmoqda. U Kelli Cheng futbolkasini kiyib olgan.

Fransiyalik velosportchi Entoni Janjan 31-iyul kuni BMX fristayl bo‘yicha final bosqichida Parijdagi Luksor obeliski oldida chiqish qilmoqda. U bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Braziliyalik syorfer Gabriel Medina 29-iyul, dushanba kuni syorfing taxtasidan sakradi va deyarli ideal boʻlgan 9,90 ballni nishonlash uchun bosh barmog‘ini ko‘tardi. Bu Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng yuqori toʻlqin edi.

Yaponiyalik skeytbordchi Yuto Xorigome 29-iyul kuni ko‘cha musobaqalarida g‘alaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Xorigome uch yil oldin ham Tokio Olimpiadasining ushbu musobaqasida gʻolib chiqqan.

Kanadalik Krissi Skurfild 28-iyul, yakshanba kuni regbi yettilik bahsida yangi zelandiyalik Jazmin Feliks-Xotamni ushlab qolmoqda.

28-iyul kuni stol tennis bahslarida slovakiyalik Yan Vang ishtirok ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik muxlislar 27-iyul kuni o‘z erkaklar terma jamoasining Misrga qarshi o‘yini vaqtida mana shunday performans namoyish etdi.

Millatlar paradidan so‘ng Eyfel minorasi oldida tantanali nutqlar tinglandi.


CNN eng yaxshi deb hisoblagan barcha fotosuratlarni ushbu havolada topish mumkin.