Konstaning "Odamlar nima deydi" treki rok uslubida kaver qilindi

E’lon qilingan sana· 788
Konstaning "Odamlar nima deydi" treki rok uslubida kaver qilindi

“Bezzbets” rok guruhi Konsta va Timur Alixonovning “Odamlar nima deydi” trekini rok uslubida kaver qildi.

Ushbu guruh yangi va ijodkorlar yuzlariga maska taqqan holda chiqqan. “Bezzbets” guruhi a’zolarining shaxsi hozircha ma’lum emas.

“Salom! Biz „Bezzbets“ guruhi. Oʻzbekcha nu-metal va alternative metal qilamiz. Ijodni mana shunaqa rock cover bilan boshlashga qaror qildik. Oʻzimizning treklarimiz ham vaqt oʻtib shu YouTube-kanalimizda va musiqiy platformalarda chiqadi”, deyiladi YouTube izohida.

Rok ixlosmandi Axror Samatxonov ushbu trek haqida shunday deydi: “Guruh ijodni nega aynan ushbu trekni cover qilish bilan boshladi? Tushunishimcha, yuzimizdagi niqoblar, tashqi ko‘rinishimiz haqida odamlar nima deydi, odamlar musiqiy uslubimiz va o‘ziga xos alohida kiyinish stilimizni qanday qabul qiladi, degan savollarga javob sifatida tanlangan. Odamlar nima desa desin, biz ijodni boshladik degan ma‘noda tanlangan trek.

Guruh keyingi musiqiy metal loyihalarda vokal ijrosiga biroz brutallik qo‘shsa, rock ustiga a‘lo rock bo‘ladi".

“Bezzbets” guruhining rok kaverini quyida tinglashingiz mumkin: