Tohir Sodiqov yangi qoʻshiq chiqardi

E’lon qilingan sana· 576
Tohir Sodiqov yangi qoʻshiq chiqardi

“Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov uzoq tanaffusdan soʻng yangi trek e’lon qildi.

“Xatolaring kutarlar” deb nomlangan qoʻshiq she’ri Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibi, shoir Abdulla Oripovga tegishli, 1991-yilda yozilgan. Musiqa aranjirovkasi bilan “Bolalar” guruhining yana bir a’zosi Vagif Zokirov shugʻullangan.

Mazkur she’rni avvalroq Rustam Gʻoipov ham kuyga solgan.

Tohir Sodiqovning “Xatolaring kutarlar” nomli qoʻshigʻini quyidagi havola orqali tinglash mumkin.