Flyin Up rok guruhi "Jimlik" nomli film-albomini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 598
Flyin Up rok guruhi "Jimlik" nomli film-albomini e'lon qildi

Flyin Up rok guruhi “Jimlik” nomli konseptual albomi uchun grafik badiiy talqinidagi filmni e’lon qildi.

Film konsepsiyasi Flyin Up jamoasi va Andrey Kornienko tomonidan ishlangan. Rejissyor hamda grafika ustasi ham Andrey Kornienko. So‘zlarning o‘zbek tiliga badiiy tarjimasi muallifi — Mirzo Zominiy.

Albomda “Umid”, “Qanday Goʻzal Bu Olam”, “Yetilib”, “Dunyo”, “Jimlik”, “The False Idea”, “Answer”, “Ummonlar”, “Aks Sado”, “Voz Kechish” qoʻshiqlari yangraydi.

Avvalroq, Afisha.uz muharriri guruh solisti Jasur Xudayberdiyev bilan mazkur albom haqida suhbatlashgan edi.