"Ovoz" loyihasining tataristonlik ishtirokchisi "Unutma meni" qoʻshigʻini kuyladi

E’lon qilingan sana· 2 289
"Ovoz" loyihasining tataristonlik ishtirokchisi "Unutma meni" qoʻshigʻini kuyladi

“Ovoz” loyihasi 1-mavsumi ishtirokchisi Saida Muhammedzyanova Kumush Razzoqovaning “Unutma meni” qoʻshigʻini kuyladi va unga ishlangan klipni e’lon qildi. Klipda u loyihaning yana bir ishtirokchisi Rishat Toktibakiyev bilan birga suratga tushgan. Uning asl musiqasi Farruh Zokirovga tegishli.

Saida asli tataristonlik boʻlib, “Ovoz” loyihasida qatnashish uchun Oʻzbekistonga kelgan. U hozirda Sevara Nazarxon jamoasida 1-mavsumning yarim finaligacha yetib keldi.

Saida Muhammedzyanova loyihaning birinchi bosqichida “Guljamol”, “Qarama-qarshilik” bosqichida Grigoriy Stanin bilan birgalikda aynan mana shu “Unutma meni” qoʻshigʻini kuylagandi. “Zarba” bosqichida esa Saida Selindionning “The Power of Love” qoʻshigʻini ijro etdi va yarim finalga yoʻl oldi.

“Unutma meni” qoʻshigʻini Saida Muhammedjanova ijrosida quyida tinglashingiz mumkin.