"Aka-makasi kim desam": Munisa Rizayeva yangi klip e'lon qildi
Xonanda Munisa Rizayeva “Aka makasi” nomli yangi musiqiy klip e’lon qildi.
Voqealar Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasi yaqinida joylashgan Aryan qishlogʻida sodir boʻladi. Syujetga koʻra, toshkentlik yigit qizni qidirib oʻsha qishloqqa boradi va yoshligida oʻzi “qulogʻini tishlagan” qizni topadi.
Klipda vayner Moʻmin Ibrohimov va Munisa Rizayevaning oʻzi bosh rollarni ijro etgan. Bundan tashqari, unda bir qator bloger-vaynerlar ham qatnashgan.
Videoklip premyera qilinganidan 16 soat oʻtib, YouTube’da allaqachon 720 mingdan ortiq koʻrildi.
Qoʻshiq matnidagi tushunarsiz jumla, ya’ni “aka makasi” soʻzi hazil tariqasida ishlatilib, birinchi marta “Zamonaviy sovchilar” filmida Muhammadiso Abdulhayirov tomonidan yangraydi.
Klipni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.