Hafta artisti: Shahzoda

E’lon qilingan sana· 1 841
Hafta artisti: Shahzoda

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz. Bu, o‘ylaymizki, uzoq davom etadi va siz yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz va qo‘shiqlarini qayta tinglashingiz mumkin bo‘ladi. “Hafta artisti"ning navbatdagi qahramoni — Shahzoda — Zilola.


Zilola, “Jonim”

Haqiqiy ismi sharifi Zilola Bahodirovna Musayeva boʻlgan, shoubiznesda Shahzoda sifatida tanilgan bu galgi qahramonimiz 1979-yilning 28-iyulida Fargʻonada tugʻilgan. Uning oilasi onasi Mirixta Musayeva — filolog, rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, otasi Bahodir Musayev esa falsafa fanlari doktori boʻlgan. Tushunib turganingizdek, Zilola haqiqiy ziyolilar oilasida oʻsgan.

Zilola bir yoshga kirar-kirmas otasi ishi sababli oilasini olib, Moskvaga koʻchib ketadi va 7 yil u yerda yashashadi. Shu bilan ular 1987-yilda Toshkentga qaytishadi. Xonanda 5-sinfgacha maktabda, undan keyin esa gimnaziyada tahsil olgan.

Aynan gimnaziya Shahzodaning ijodga kirishiga sabab boʻlgan, chunki aynan oʻsha yerda u Aziza Halilova bilan tanishgan. Ular 1997-yilda maktabni tamomlashgan. 1999-yilda Kiyev davlat universitetiga oʻqishga kirgan, ammo ijodga boʻlgan qiziqish sababli u yerda oʻqimagan.

Shu yili “Bolalar” guruhining taniqli aranjirovkachisi hamda bastakori Vagif Zokirov Zilola bilan Azizaga “Jonim” guruhini tashkil qilish taklifini bergan. Va ular rozi boʻlgach, oʻsha yilning oʻzidayoq “Oʻtib ketadi” deb nomlangan albomini taqdim etishgan. Soʻngra yangi hitga aylangan “Qarama koʻzlarimga” deb nomlangan qoʻshigʻiga klip suratga tushirilgan. Keyinchalik Aziza guruhni tark etgan, Zilola Natella ismli xonanda bilan ijodni davom ettirgan.

“Jonim” guruhi faoliyati uncha uzoqqa choʻzilmagan, ular 2000-yildayoq ajralishgan va alohida ijod qilishga qaror qilishgan. Ammo shu qisqa vaqt ichida ular bir nechta yaxshi qoʻshiqlar ishlashga ulgurishgan.

Shahzoda

2001-yilda Zilola oʻsha paytdagi eng yirik studiyasi — “Tarona Records” bilan ishlashni boshlagan va ular Zilolaga Shahzoda taxallusi bilan ijod qilishni taklif qilishgan. Zilola bunga rozi boʻladi va studiya bilan ishlay boshlaydi. Yakkaxon ijodida u birinchi boʻlib “Yurak sezar” nomli qoʻshiq chiqargan.

Shaxzoda 2002-yilning oʻzida “Yurak sezar"ning davomi sifatida “Baxt boʻladi” qoʻshigʻini chiqargan. Uning klipi ham mantiqan davom etadi. Shaxzoda aytadiki, “kim sevsa, uning umri tirik hayot ekan”. 2003-yilda Shahzoda “Tarona taqdimoti” marosimida “Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi” hamda “Yilning eng yaxshi ayol qoʻshiqchisi” nominatsiyalari sovrindori boʻlgan.

2004-yilda Shahzoda yakkaxon tarzda xit ashula — “Keragimsan"ni taqdim etgan. Uning klipiga Temur Qodirov rejissyorlik qilgan. Bu qoʻshiqni hozir ham sevib tinglaydiganlar va yoddan biladiganlar topilishiga shubha yoʻq. Shu yili xonanda “Yilning eng yaxshi albomi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. 2005-yilda esa “Keragimsan” taronasi “Yil qoʻshigʻi” deb topilgan.

Mana shu trekdan soʻng Shahzodaning haqiqiy yulduzlik onlari boshlanadi. Xonanda 2005-yilda ketma-ket top treklar taqdim etadi. Masalan, “Baxtliman”, “Qayt” (feat Shohrux) va “Hayot ayt”.

Shohrux repper bilan kuylangan “Qayt” qoʻshigʻi hozirgacha trendda. Ushbu qoʻshiqni haligacha Instagram Reel’larda uchratish mumkin, vaholanki bu qoʻshiq chiqqanida na Instagram, na undagi Reel’lar boʻlgan. “Kim, ayt?!”

2005-yil akyor Ulugʻbek Qodirovning ham eng choʻqqiga chiqqan paytlari edi, u Shahzodaning kliplarida koʻp marta suratga tushgan. Ulardan eng mashhur “Hayot ayt” klipi ekani aniq. Ehtiyot boʻling, koʻzingizga nastolgiya kirib ketishi mumkin.

2006−2007-yillar bitiruvchilari bu qoʻshiqni juda yaxshi eslasa kerak: Shaxzoda aynan shu yili Shaxriyor bilan birgalikda “Birinchi sevgim” qoʻshigʻini taqdim etgan.

Xonandaning shu yillarda chiqargan musiqalarining deyarli barchasi xit boʻlgan. “Faqat sen” qoʻshigʻini kim bilmaydi deysiz? Nomidan bilmasa ham hech boʻlmasa soʻzlari quloqqa chalingani aniq.

“Kechalari yoqimli”. Ortiqcha izoh shart emas.

Bu gapni aytish uchun hech qachon kech emas: “Assalomu alaykum!”

“Hozir siz eshitadigan qoʻshiq oddiy qoʻshiq emas, bu — orzular haqidagi qoʻshiq…” — “Orzular”

“Nima gunohim, qani xatoyim, ne edi aybim?” — “Oʻkinch”

“Unutmadim”

Shahzoda 2009-yilda yana bir xit qoʻshiq taqdim etadi — “Toʻrt qadam”. Bu “Oʻzimdan oʻzimgacha” filmiga saundtrek hisoblanadi.

“Layli va Majnun”

“Tilayman” (“Majruh” filmiga saundtrek)

“Qora koʻzlaring”

“Yoqasan”

“Toʻkilib”

“Qoʻllar tepaga”

“Bu muhabbat”

“Chicco”

Bu qoʻshiq 2013-yilda chiqarilgan. Ha, oradan 11 yil oʻtdi. Vaqt shunday — tez.

“Shoshma” (feat Shohruhxon)

“Qaynona”

“Qoʻllar tepaga"ni sevib tinglaganlar endi qaynonasi bilan bu qoʻshiqni eshitishi mumkin.

“Yurak”

“Shunchaki”

“Ayrilamiz”

“Maqtanchoq” (feat “Bojalar”)

“Ket” (feat Shoxrux)

“Xasta”

“Billionaire”

“Yomgʻir”

“Aldagan sen”

“Sogʻinib”

“Alla”

Mana shu trek Shahzodaning oxirgi rasmiy relizi boʻlib qoldi. U 2020-yilda chiqarilgan va xonanda oʻshandan beri katta sahnalarda koʻrinish bergani yoʻq.

Filmlar

Shahzoda faoliyati davomida bir nechta filmlarda ham suratga tushgan.

“Tohir Zuhra”

“Fotima va Zuhra”

“Majruh”

“O, Maryam, Maryam”

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ