Green Card, "Ovoz" loyihasi, "Malades" konserti: may oyining eng yaxshi memlari
Bugungi kunda memlar hayotimizning asosiy qismiga aylangan. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda minglab kulgili rasmlarga koʻzimiz tushadi. Mem madaniyatini oʻrganish, uni kuzatib borish foydadan holi boʻlmaydi. Afisha.uz may oyi davomida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan memlarni bir yerga yigʻdi.
“Yoʻllar muammosi”
Foto: “Troll.uz”
“Troll.uz” Telegram kanalida Toshkent koʻchalaridan biridagi yoʻl muammosi haqida post e’lon qilindi. Shundan soʻng ushbu surat asosida memlar yasash boshlandi.
Mem: “Troll.uz”
Mem: Janob Satirik
Bundan tashqari, Troll.uz'da yana bir yoʻl-transport hodisasi haqida xabar berildi. Ushbu ikki voqea asosida esa meta-mem yaratildi.
Green Card
May oyida boʻladigan katta voqealardan biri bu Green Card lotoreyasining javoblari chiqishi hisoblanadi. Ushbu jamlanma, ancha avval yasalgan boʻlsa ham, bu memsiz kemtik boʻlib qolardi.
Mem: “Troll.uz”
Mirshakar Fayzulloyevning yangi konserti
Stendap komik Mirshakar Fayzulloyevning yangi “Malades” nomli konsert dasturi YouTube’da e’lon qilindi. Konsertdagi epizodlar asosida bir qancha memlar yaratildi.
“Ovoz” loyihasi
Dunyoga mashhur “The Voice” loyihasining Oʻzbekistondagi franshizasi ham katta mashhurlikka erishdi. Koʻrsatuvdagi epizodlardan biri esa yangi memlarga sabab boʻldi.
“Romeo va Julyetta”
May oyida Uilyam Shekspirning “Romea va Julyetta” asari asosida spektakl tashkil etildi. Unda bosh rollarni aktyor Tom Holland va Francheska Amevuda-Rivers ijro etdi. Posterlarda ularning bir-biriga qarab turgan surati tarqaldi.
Qora tanli aktrisa tomonidan ijro etilgan Julyetta roli har xil fikrlarga sabab boʻldi. “HabiCatura” Telegram kanali muallifi ushbu mavzuni chetlab oʻtmadi.
Mem: “HabiCatura”
Ushbu jamlanma koʻngil ochish maqsadida tayyorlandi. Unda hech kimni haqorat qilish, ustidan kulish maqsadi koʻzlanmagan. Kuling, umringiz uzoq boʻladi!