“Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar” respublika ko‘rik-tanlovi oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 147
“Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar” respublika ko‘rik-tanlovi oʻtkaziladi

Madaniyat vazirligi tomonidan 18−21-iyun kunlari “Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar” respublika ko‘rik-tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. Tanlovda yosh chegarasi 20−35 yoshni tashkil etadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar 2024-yilning 15-iyun kuniga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
  • passport nusxasi;
  • ijodiy tavsifnoma;
  • ijro dasturi (dasturda nomer nomi, kompozitor, rejissyor va xoreograflar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
  • 3x4 sm o‘lchamdagi 2 ta va 9×12 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (portret va ijodiy obrazda).

Arizalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.