Foto: Boʻritog' etaklariga sayr

E’lon qilingan sana· 145
Foto: Boʻritog' etaklariga sayr

Tashqarida bahor. Koʻzlar tabiat goʻzalligiga qarab toʻymaydi. Togʻlar, tog' yon bagʻirlari yashillikka burkangan. Bahor — oilaviy yo doʻstlar davrasida piknik qilish va yangi lokatsiyalarni kashf qilish uchun ayni muddao. Afisha.uz muharriri dam olish kunlarida doʻstlari bilan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Boʻritogʻ etaklariga sayr qildi va quyida u yerga qanday yetib olgani va qancha xarajat ketgani haqida qisqacha gapirib beradi. Va asosiysi, yashil tusga kirgan Boʻritog' etaklaridan suratlar ulashadi.


Dam olish kuni doʻstlar bilan yigʻilib, shahardan tashqarida, tabiat qoʻynida piknik qilishga qaror qildik. Avval Boʻritog' etaklari haqida bilmasdik, Instagram’da Reel koʻrib qoldik va oʻsha yerga chiqishga qaror qildik.

Erta tongda “Pushkin” metro bekati yaqinida joylashgan “Salor” bekatidan elektropoyezdga oʻtirib, Xoʻjakent tomon yoʻlga chiqdik. Yoʻlkira narxi bir kishi uchun 10 ming soʻm (bank kartasi bilan toʻlanganda esa 9500 soʻm). Poyezd har kuni shu bekatdan 07:30 da oʻtadi.

Xoʻjakentgacha borganimiz yoʻq, “Boʻstonliq” bekatida tushib qoldik va 1 kmcha piyoda yurib, mashina yoʻlga chiqdik va taxminan 2−3 km joyga taksida yetib oldik. Shundan soʻng quyidagi suratlardagi joyga koʻtarildik.

Shahardan oʻzimizga mos qilib xarajat qilib olgandik. Endi u yerda shunchaki dam olish va doʻstlar bilan vaqtichogʻlik qilish qolgandi. Aytgancha, siz ham oʻzingiz bilan varrak olishni unutmang.

Toshkentdan Boʻritog' etaklariga yetib olish bir kishiga taxminan 15 ming soʻmga tushdi (agar elektropoyezdda qaytilsa, teskari yoʻnalish ham xuddi shunday boʻladi). Piknik uchun xarajatlar va yoʻlkiralarni qoʻshib hisoblaganda, ushbu sayohat bir kishi uchun umumiy 150 ming soʻmdan tushdi.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov