Afisha.uz YouTube`dan “Kumush tugma”ni oldi

E’lon qilingan sana· 84
Afisha.uz YouTube`dan “Kumush tugma”ni oldi

31-yanvar kuni Afisha muharrirlari YouTube’ning kumush tugmasi egasiga aylanishdi. Bu 100 000 nafar obunachiga yetgan kanalrga beriladigan mukofot.

Tahririyat kanali bu ko‘rsatkichga 3-yanvar kuni yetdi, ayni damda kuzatuvchilar soni 105 mingni tashkil etmoqda. Bu YouTube tahliliga koʻra, kanal tomoshabinlari sonining atigi 2 foizini tashkil qiladi. Va umumiy koʻrishlar soni 30 milliondan oshadi.

Kanalda jahon va mahalliy estrada yulduzlari, jumladan, “Benom”, Yulduz Usmonova, Rayhon, Shohruhxon, Ozoda Nursaidova, Tohir Sodiqov konsertlari, Mirshakar Fayzulloyev, Sarvar Karimov, Konsta, Massa va boshqalar bilan qiziqarli intervyularni tomosha qilishingiz, rejissyorlar, aktyorlar, rassomlar va dizaynerlar ijodi haqida, shuningdek, Toshkentdagi konsertlar va qiziqarli muhim tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Afisha.uz tahririyati uchun nafaqat saytni rivojlantirish, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham faol bo‘lish har doim muhim bo‘lib kelgan. Siz bizni Facebook , Telegram va Instagram`da kuzatishingiz, shuningdek, YouTube’ga obuna bo‘lishingiz mumkin.