Yandex Music: 2023-yilda O‘zbekistonda qanday musiqa koʻproq tinglandi?
“Yandex Music” striming xizmati 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi va tinglovchilar orasida eng mashhur ijodkorlarni aniqladi. Bu yil foydalanuvchilar ushbu xizmat orqali umumiy hisobda 360 milliard daqiqa musiqa tinglagan.
Yakuniy statistikaga ko‘ra, xonanda Jahongir Otajonov “O‘zbekistonda yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi” deb topildi. Bundan tashqari uning “Bom-bom” treki ko‘plab muxlislar ko‘nglidan joy oldi va layk to‘plash bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchiga aylanishiga hamda muxlislar albomida saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi.
Janob Rasulning “Yuragim yara” albomi “O‘zbekistonda yil albomi” deb topildi. Tarona chiqarilgandan keyin Yandex Musiqa‘da eʼlon qilingach ilk dam olish kunlarining o‘zidayoq rekord darajadagi eshitishlarni tashkil qildi, deyiladi hisobotda.
“O‘zbekistonda yil treki” nominatsiyasini esa qo‘shiqchi Muhammadziyo “Tabibim” treki bilan qo‘lga kiritdi.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, Shohrux Ummon va Milena Madmusayeva tomonidan ijro etilgan “Soxtalar” treki “Yil topilmasi” deb e’tirof etildi.