Fortnite kompyuter o‘yinida Eminem paydo bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 180
Fortnite kompyuter o‘yinida Eminem paydo bo‘ladi

Epic Games kompaniyasi amerikalik reper Eminem Big Bang tadbirida Fortnite o‘yinida chiqish qilishini tasdiqladi. O‘yinchilar Slim Shady’ga aylanish uchun skinlarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

“Big Bang” haqidagi e’lonning yangilanishida ushbu skinlarga birlamchi ko‘rinishi namoyish etildi va Epic Games ular 27-noyabr kuni ertalab soat 19:00'da sotuvga chiqishini tasdiqladi.

Uch xil liboslar taqdim etiladi: Rap Boy — “Without me” klipidagi Eminemning superqahramon qiyofasi; Marshall Never More — bunda repper smoking kiyadi; va Slim Shady — Slim Shady va Marshall Mathers albomlari chiqarilgan paytdagi “eski Eminem”.

Marshall Never More skini egalari va 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Big Bang” tadbiri tomoshabinlari Marshall Magma deb nomlangan variantni ham olishadi, bunda reperning ko‘zlari qora va sariq rangda bo‘ladi va uning yuziga qizil yorqin belgilar qo‘shiladi.