“The Beatles” guruhining so‘nggi qo‘shig‘i e‘lon qilindi

E’lon qilingan sana· 229
“The Beatles” guruhining so‘nggi qo‘shig‘i e‘lon qilindi

Britaniyaning afsonaviy The Beatles musiqiy guruhining “Now and Then” qo‘shig‘i e’lon qilindi. Bu guruh uchun so‘nggisi bo‘ladi.

Dastlab “Now and Then” 2-noyabr BBC radiostansiyasida efirga uzatildi, hozir esa qo‘shiqni barcha striming platformalarida e’lon qilingan. 3-noyabrdan boshlab qo‘shiqning kompakt disk, vinil va kassetalardagi yozuvlari ham sotuvga chiqadi.

Bu kompozitsiya The Beatles muhlislari uchun yangilik emas, avvaldan uning norasmiy yozuvlari dunyo bo‘ylab aylanib yurardi, endilikda bu qo‘shiq guruhning marhum a’zosi Jon Lenonning ovozi sun’iy intellekt orqali tiklanib, rasmiy tarzda e’lon qilindi. Trek 1995-yilda yozilgan Xarrisonning ritm gitara qismi bilan to‘ldirilgan va 2022-yilda bas gitarachi Makkartni va barabanchi Starr tomonidan yakunlangan. Guruhning deyarli barcha albomlari prodyuseri Jorj Martinning (1926−2016) o‘g‘li Jaisle Martin gitara aranjirovkasi bilan shug‘ullanagan.

Qo’shiq bilan bir paytda 15 daqiqalik hujjatli film ham e’lon qilindi. Unda guruh a’zolari — 81 yoshli Makkartni va 83 yoshli Starr Bitlzning so‘nggi qo‘shig‘i yaratilishi haqida gapirib berishadi. Videoda Starr yana bir guruh a’zosi — Jon Lennonning ovozi sun’iy intellekt orqali tozalanib, tiklanganiga izoh berar ekan, u o‘ldirilganidan beri hech qachon uning mavjudligini shunchalik qattiq his qilmaganini aytadi. “U biz bilan xonada ekanini bu darajada his qila olmaymiz”, deydi barabanchi.

Ma’lumot uchun, The Beatles 1960−70-yillarning mashhur rok-guruhi hisoblanadi. Guruh a’zosi Jon Lenonn o‘ldirib ketilgan. Guruhning boshqa a’zolari yakka holda karyerasini davom ettirgan. The Beatles tarixdagi eng ko‘p sotilgan musiqiy guruh hisoblanadi: ularning albomlarining dunyo bo‘ylab sotilgan nusxalari soni 600 milliondan oshgan.Chartlarda birinchi o‘rinni egallagan qo’shiqlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya va AQShda tarixiy yetakchi hisoblanadi.

Guruh 10 marta nufuzli Grammy mukofotiga ega chiqqan, Time jurnali esa guruh a’zolarini XX asrning eng nufuzli odamlar ro‘yxatiga kiritgan.