Javoblar 2.0, moslashuvchan havolalar sozlamalari, ism ranglari — Telegram ilovasidagi yangilanishlarni e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 100
Javoblar 2.0, moslashuvchan havolalar sozlamalari, ism ranglari — Telegram ilovasidagi yangilanishlarni e'lon qildi

Telegram messenjerining navbatdagi yangilanishida foydalanuvchilarda xabarlarga belgilangan matndan iqtibos olish orqali javob berish, javoblarni boshqa chatlarga yuborish, istalgan matnni iqtibos kabi formatlash, havolalarga razm solishni sozlash, akkaunt uchun rang tanlash va boshqalar paydo boʻldi.

Darvoqe, endi Telegram rasmiy sahifalarida o’zbek tilida ham ma’lumot berila boshlandi.

Javoblar 2.0

2015-yilda Telegram foydalanuvchilarga uzun suhbatlarda oson harakatlanish imkonini bergan yangi format — xabarlarga javoblarni taqdim etgan edi. Endi foydalanuvchilar xabarning istalgan qismiga faqat undan iqtibos olish orqali javob berishi mumkin. Suhbatdosh asl xabarga oʻtish uchun bunday iqtibosni bosganida yangi animatsiya tufayli u darhol ushbu xabarni koʻradi.

Endi javoblarni boshqa chatlarga ham yuborish mumkin, masalan, agar kimgadir shaxsan javob berish yoki muhokamani boshqa guruh yoki kanalga koʻchirish kerak bo’lganda. Iqtibos olingan matn bosilganida asl xabar u joylangan guruhda ochiladi, faqat agar foydalanuvchida unga ruxsat boʻlsa.

Iqtiboslarni formatlash

Boshqalardan bevosita iqtibos olishdan tashqari, endi istalgan matnga, jumladan, bitta javobdagi bir nechta iqtibosga iqtibos formatlashini qoʻshish mumkin.

Havolalar sozlamalari

2015-yilda Telegram sahifa sarlavhasi, tavsifi va mediasini aks ettiruvchi batafsil havolaga razm solish imkoniyatini qoʻshgan birinchi xabarlashuv ilovasi boʻlgan edi.

Endi foydalanuvchilar istalgan xabardagi havolalar koʻrinishini sozlashi mumkin: media oʻlchamini oʻzgartirish, razm solish uchun xabar ostida yoki yuqorisida chiqishini tanlash va agar bir nechta havola boʻlsa, qaysi havolaga razm solishni tanlash mumkin.

Havolalarni ochish osonlashdi, chunki endi razm solish sohasining istalgan qismini bosish mumkin.

Javob berish, uzatish va havola sozlamalari

Koʻplab yangi funksiyalardan foydalanish qulay boʻlishi uchun kontekst menyusi qoʻshildi — ushbu menyu xabarlarga javob berayotganda, ularni uzatayotganda va havolalar qoʻshayotganda yoki bularning hammasini bir vaqtda bajarayotganda chiqadi.

Akkaunt ranglari

Telegram Premium bilan akkauntni u uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlash orqali har qachongidan ham koʻproq moslashtirish mumkin.

Bunda ism rangi barcha guruhlarda, siz yuboradigan havolalarda, shuningdek, xabarlarga javoblarda oʻzgaradi.

Shu bilan birga, naqsh sifatida ishlatiladigan emoji tanlash ham mumkin. U boshqalar sizdan iqtibos olganida yoki sizga javob berganida xabarlar ortida unikal fon yaratadi.

Bu sozlamalar obunachilardan yetarli ovozlar yigʻib, kamida 5-darajaga yetgan kanallar ham foydalana oladi.

Hikoyalarning yangi imkoniyatlari

Hikoyalar endi videolarni oldinga va orqaga tez oʻtkazish imkonini ham beradi — shunchaki ekranni bosib turib, keyin oʻngga yoki chapga surish kerak.

Shuningdek, endi yaxshiroq, yorqinroq selfilar olish maqsadida iliqlik va intensivlik uchun moslashuvchan sozlamalar bilan old chaqnoqdan foydalanish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ