Yulduz Usmonova Maksim Fadeyev bilan birga yangi klip suratga oldi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova rossiyalik mashhur ijodkor Maksim Fadeyev bilan duet kuyladi.
Yulduz Usmonova avvalroq “Da Kujo Shumo” nomi bilan Malik bilan birga e’lon qilingan qo‘shig‘ini o‘zgartirib va moslashtirib, Fadeyev bilan kuyladi. Musiqa va matn yaratilishi Fadeyevning o‘zi ishtirok etgan.
Qo‘shiq uchun ishlangan klip MALFA leybli kanalida e’lon qilindi. Klip Samarqanddagi Registon maydoni, poytaxtdagi Tashkent City bog‘i va Amir Temur hiyobonlarida suratga olingan. Unda mahalliy aholi va turistlar ishtirok etgan — ularning barchasi yuqori kayfiyatda raqsga tushmoqda.
“Men SSSRda tug‘ilganman. Men uchun „millat“ tushunchasi hech qachon bo‘lmagan, men hammani birdek sevganman. Va ichimda ming xil qon oqadi. Shu bois, men hamma narsa bizni birlashtirishi kerak, deb hisoblayman: tabassum, musiqa va xalqlarimiz. Yulduzda esa milliy ohangdagi duet uchun ideal sherikni ko‘rdim. Bu ayol bilan qo‘shiq kuylash men uchun sharaf”, degan rossiyalik ijodkor.
O‘z navbatida Yulduz Usmonova ham ushbu ijod namunasi haqida fikr yuritgan: “(Sobiq) Ittifoq farzandiman, ichimda ham bir qancha qonlar oqadi. Endi biz, ikki ijod giganti musiqa orqali birlashdik. Ishonchim komilki, Maksim va meni ko‘plab qo‘shma musiqiy loyihalar kutmoqda. Sharq, Osiyo ritmini shunday his qilgani ko‘p narsadan darak beradi. Garchi u rus tilida bo‘lsa-da, aynan Osiyo musiqa an’anasi va uslubida kuylagan. Alloh in’om etgan insonlar birlashib, ijod qilishimiz kerak!”.
Klip