O‘zbekistondagi eng mashhur avtomobillar nomi ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 3 211
O‘zbekistondagi eng mashhur avtomobillar nomi ma’lum qilindi

O’zbekistondagi eng mashhur avtomobil brendi, bu Chevrolet ekanligini tahmin qilish qiyin emas. OLX.uz onlayn reklama platformasi ham bu maʼlumotlarni tasdiqlaydi.

Uch yil davomida — ya’ni 2021, 2022 va 2023-yilda — onlayn savdo maydonchasida eng mashhur avtomobil brendi Chevrolet bo’lib, ikki yil davomida sotuv lideri bo’ldi, o’rtacha narx 9000 dollarni tashkil etdi. Shuningdek, so’nggi uch yil ichida eng yaxshi 10 talikka KIA (bu yil narxi 32 ming dollarga yetdi), Hyundai (28 ming dollar), Volkswagen (30 ming dollar), Mercedes (18 ming dollar), GAZ (3000 dollar), Toyota (35 ming dollar) kabi brendlar ham kirdi. 2021 va 2022-yillar roʻyxatidan sifatli retro-mashina Moskvich (12 000 dollar) 2023-yilning eng yaxshi roʻyxatiga kira olmadi — uning oʻrnini BYD brendi (35 000 dollar) egalladi.

So‘nggi uch yildagi narxlar ma’lumotlariga asoslansak, 2021−2022 yillarda yengil avtomobillar 10 foizga, 2022−2023 yillarda esa 12 foizga qimmatlashganini ko’rish mumkin.

2022-yilda saytda qo’yilgan avtomobillar soni 501 373 tani tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilning uchinchi choragida bu ko’rsatkich 557 560 taga yetdi. Ulardan 2022-yilda 409 656 tasi minilgan bo’lsa, 2023-yilda — 358 908 taga teng bo’ldi, ya’ni ellik mingtaga kamaydi. Yengil avtomobillarni sotish bo‘yicha e’lon joylashtirgan insonlar 2022-yilda 501 264 nafarni, 2023-yilda — 557 379 nafarni tashkil qilgan.

Shuningdek, qidiruv tizimidagi eng ommabop so‘rovlar beshligiga Chevrolet Spark, Daewoo Matiz, Daewoo Nexia, Chevrolet Cobalt va Daewoo Damas kirganligi qayd etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling