Haqiqiy afsona: Sherali Jo‘rayevning xalq sevgan 15 ta mashhur qo‘shig’i
4-sentyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshda vafot etdi. Sherali Jo‘rayev ijodiy faoliyati davomida yuzlab qo‘shiq yozgan va ijro etgan, xalq orasida alohida ardoqlangan. Xorijliklar ham uning ijodiga qiziqqan, konsert dasturlari ko’pgina mamlakatlarda taqdim etilgan. U ham mumtoz, ham zamonaviy shoirlar ijodidagi she’rlarga murojaat qilgan, musiqasini maromiga yetkazib bastalagan.
Afisha.uz O‘zbekiston xalq hofizi xotirasiga bag‘ishlab, Sherali Jo‘rayevning mashhur qo‘shiqlaridan 15 tasini taqdim etadi.
“Avvalgilarga o‘xshamas”
Ushbu qo‘shiq bundan ancha yillar oldin ijro etilgan. Jo‘rayevlarning rasmiy YouTube sahifasida ushbu qo‘shiqning jonli ijroda kuylangani 7 mlndan ziyodroq ko‘rilgan.
“Atirgulim”
Sherali Jo‘rayevning muhlisi bo‘lmagan inson ham uning “Atirgulim” qo‘shig‘ini bir marta bo‘lsa ham eshitgan, desak mubolaga‘ bo‘lmaydi.
“Birinchi muhabbatim”
Bu qo‘shiqqa ta’rif berib o‘tirish shart emas. Shunchaki ma’lumot: qo‘shiq matni o‘zbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rdan olingan, kuyni esa Sherali Jo‘rayevning o‘zi bastalagan.
“Oy yuzingga”
Ko‘pchilik bu qo‘shiqni “Bandaman” deb qidiradi, lekin qo‘shiqning asl nomi “Oy yuzingga”.
“O‘zbegim”
Sherali Jo‘rayev ushbu qo‘shiqni shoir Erkin Vohidov qasidasidan olingan matndan foydalanib ma’romiga yetkazib kuylagan, qo‘shiq kuyini esa o‘zi bastalagan. U shoirning “O‘zbegim” qasidasini to‘yda eshitib, yozib olgani va tuni bilan talabalar yotoqxonasida kuy bastalaganini aytadi.
“Gulbadan”
“Gulbadan, gul ham o‘zing noz ham o‘zing,
Kuy-qo‘shiq, ohang o‘zing so‘z ham o‘zing…".
“Gulandon”
“Oshiq bo‘ldim”
“Ishq zor etganga zulm etmang…”. Alisher Navoiy g‘azali asosida yozilgan ushbu qo‘shiq Sherali Jo‘rayevning eng mashhur qo‘shiqlaridan biri hisoblanadi.
“Qora ko‘zli sanamjon”
Jo‘rayev ijrosidagi sho‘x qo‘shiq yaqin yillarda zamonaviy tarzda kaver ham qilindi, lekin uning o‘zi ijro etgan variant muhlislar qalbidan chuqur joy olgan. “Sochlaringni sariqqa bo‘yab nima qilasan…”.
“Ko‘rmisham”
Do‘stlar… Bu yozuvni Sherali Jo‘rayevning ovozi bilan o‘qigan muhlis borki, qaysi qo‘shiq haqida gap ketayotganini anglaydi.
“Inson o‘zing”
Sherali Jo‘rayev va Erkin Vohidov tandemi haqiqatda shedevrlar yarata olgan. Shoirning “Inson” qasidan matni olingan “Inson o‘zing” qo‘shig‘i Sherali Jo‘rayevning sevib tinglanadigan, tinglovchini o‘yga toydiradigan qo‘shiqlaridan biri hisoblanadi.
“Bahor ayyomi”
Qo‘shiq matni Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azalidan olingan, kuy esa, doimgidek, Sherali Jo‘rayev tomonidan bastalangan.
“Keldi bahor”
Bir necha yil ilgari, ayniqsa san‘atkor tug‘ilib o‘sgan vodiyda to‘ylarni bu qo‘shiqsiz tasavvur qilish qiyin bo‘lgan. Sho‘x va beixtiyor o‘ynashga majbur qiluvchi qo‘shiq.
“Karvon”
Usmon Azim qalamiga mansub she’rdan matni olingan qo‘shiq Sherali Jo‘rayevning tashrif qog‘oziga aylangan, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu qo‘shiq ba’zi kaverlar ortidan hatto yoshlar orasida ham mashhur.