Foto: O‘zbekistonlik fotosuratchilar Wiki Loves Earth fototanlovida ikkinchi o'rinni egalladi

E’lon qilingan sana· 371
Foto: O‘zbekistonlik fotosuratchilar Wiki Loves Earth fototanlovida ikkinchi o'rinni egalladi

Wiki loves Earth (“Viki Yerni sevadi”) xalqaro fototanlovida O‘zbekiston barcha ishtirokchi davlatlar orasida taqdim etilgan fotosuratlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi, deyar xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan 69 nafar ishtirokchining 3282 ta fotosurati yuborilgan. Ulardan 6 nafar muallifning 12 ta fotosurati tanlab olingan.

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ushbu tanlov g‘olib va sovrindorlariga diplomlar, internet-do‘kondan esdalik sovg‘alari xarid qilish uchun sertifikatlar topshirdi.

Tanlov g’oliblari:

  • Marat Najiboev
  • Arina Pan
  • Ivan Kondyukov
  • Marat Mustafin
  • Yaroslav Galiyev
  • Humoyun Mehridinov

Tadbirda Ekologiya vaziri kelgusida har yili Wiki Loves Uzbekistan respublika tanlovini tashkil etish, tanlov yakunida fotosuratlar koʻrgazmasi o’tkazilishini yo’lga qo’yish va Oʻzbekiston tabiiy merosining fotoalbomi yaratishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun, Wiki Loves Earth xalqaro fotosuratlar tanlovi har yili dunyoning qator mamlakatlarida Wikimedia fondi va uning mahalliy filiallari ko‘magida o‘tkaziladi.