Endi barcha Telegram foydalanuvchilari storislar joylashi mumkin bo'ladi
E’lon qilingan sana: · 1 472
Telegram messenjeri rahbari Pavel Durov messenjer yubileyi kuni barcha foydalanuvchilar uchun storislar joylashtirish imkoniyati joriy etilganini ma`lum qildi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, bu Telegram uchun yangi bosqichning boshlanishi bo‘ladi, bunda messenjer xabar almashishdan tashqariga chiqib, ijtimoiy tarmoqlar sohasida innovatsiyalar yetakchisiga aylandi.
“O‘tgan o‘n yillik hayajonli bo‘lsa-da, navbatdagi 10 yil Telegram o‘zining haqiqiy imkoniyatlarini kengroq ochadigan davr bo‘ladi”, — deb yozadi milliarder.
Yaqinda Telegram’ning beta-versiyasida Premium obunasi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun storislar qanday ishlashi haqida ma’lumot topildi:
- unga ko’ra, obunaga ega bo’lmagan foydalanuvchilar kuniga uchtagacha, Premium foydalanuvchilar esa 100 tagacha storislarni joylashlari mumkin. Siz haftasiga yettitagacha (obuna bilan 70 ta) va oyiga 30 tagacha (obuna bilan 300 tagacha) storislar joylashingiz mumkin;
- shuningdek, Premium storislar roʻyxatning yuqori qismida koʻrsatiladi va obunachilar “koʻrinmas” rejimi bilan boshqa odamlarning storislarini anonim tarzda koʻrishlari mumkin boʻladi;
- storislar muddati — 24 soat, lekin Premium abonentlari intervalni o’zlari tanlashlari mumkin: 6, 12, 24 yoki 48 soat;
- obuna bo’lgan holda, arxivda storislarni ko’rgan odamlar ko’rinib turadi;
- storislarda tavsiflar 2048 belgigacha bo’lishi mumkin, oddiy foydalanuvchilar esa faqat 200 belgigacha bo’lgan matnlarni qo’shishlari mumkin;
- Bundan tashqari, obunaga ega bo’lmasdan storislarda giperhavolalar qoldirib, matnni formatlab bo’lmaydi