Telegram`da Stories’lar paydo bo'ldi

E’lon qilingan sana· 278
Telegram`da Stories’lar paydo bo'ldi

Telegram messenjerida Stories’lar paydo bo’ldi. Ayni paytda Stories`larni faqat Premium obunachilar joylay olishadi, ammo keyinchalik ushbu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun yo’lga qo’yilishi va’da qilindi.

Stories’larga qisqacha matn va stikerlar, rasmlar qo’shish va ranglarni sozlash, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarni belgilash va Stories`ni ko’rsatish davomiyligini tanlash mumkin. Bundan tashqari, bir vaqtning o’zida ikkita kamera bilan Stories suratga olish mumkin — kameralardan biridagi tasvir videoxabarlardagi kabi kichik doira ichida bo’ladi.

Stories`ni joylashdan oldin uni kimlar ko’ra olishini tanlash mumkin — barcha kontaktlar, yaqin do’stlar yoki aniq belgilangan odamlar uchun ochib qo’yish imkoniyati mavjud. Kanal egalari va administratorlari sifatida hozircha Stories’lar joylash imkoniyati mavjud emas.

Stories`lar bilan bir qatorda, messenjer o’zining yangi versiyasida “Men haqimda” bo’limi uchun javob beradigan maxfiylik sozlamalarini taqdim etdi. Endi shaxsiy “bio"ni kimga ko’rsatishni tanlash mumkin.

Ilovaning joriy versiyasini sayt , Google Play va App Store orqali yuklab olish mumkin.