Telegramda "storislar" paydo bo'ladi

E’lon qilingan sana· 198
Telegramda "storislar" paydo bo'ladi

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda “storis"lar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, ko’plab analoglardan farq qiluvchi noyob “storislar” paydo bo’ladi. Telegramga ular to’liq moslashtiriladi.

Panel chatlar ro’yxatining tepasida joylashgan bo’ladi, shuning uchun u ko’p joy egallamaydi.

Telegramdagi “storis"lar qanday farqlanadi:

  • Ikki kamera funksiyasi — atrof-muhitni va o’zingizni ko’rsatish uchun bir vaqtning o’zida asosiy va old kameralardan video suratga olishingiz mumkin bo’ladi;
  • Postlar muharriri — uskunalar paneli yaratildi, unda siz rasmlarni tahrirlashingiz, boshqa foydalanuvchilarni belgilaydigan sarlavhalar va havolalar qo’shishingiz mumkin bo’ladi;
  • Maxfiylik — “storis"ni barcha foydalanuvchilar ko’ra oladigan va faqat siz tanlagan kontaktlar ko’ra oladigan qilib qo’ysa ham bo’ladi;
  • Nashr qilish vaqti — “storis"ning yo’qolishi uchun taymerni 12, 24 va 48 soatga o’rnatish mumkin bo’ladi. Shuningdek, siz “storis"ni saqlab qo’yishingiz va uni profildagi postlar lentasida qoldirishingiz mumkin.

Durov yangilikni messenjer rivojlanishidagi yangi davr deb atadi. “Storis"lar Telegram’da iyul oyi boshida paydo bo’ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ