Dubay eng yaxshi sayyohlik yo'nalishi deb topildi
Dubay ketma-ket ikkinchi yil Tripadvisor Travellers' Choice Awards reytingida 1-o‘rinni egallamoqda.
Reyting g‘oliblarini butun dunyo bo‘ylab yil davomida tashrif buyurilgan sayyohlik yo‘nalishlari, diqqatga sazovor joylar va tadbirlar haqida o‘z sharhlarini qoldiradigan millionlab sayohatchilar tanlaydi. Bu safar 2021-yil 1-noyabrdan 2022-yil 31-oktabrgacha yozib qoldirilgan mustaqil sharhlar hisobga olindi.
Dubay Iqtisodiyot va turizm departamenti tomonidan e’lon qilingan so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, shahar 2022-yil yanvar va noyabr oylari orasida 12,82 million xalqaro sayyohni qabul qildi, bu 2021-yilning mos davridagi ko’rsatkichlardan 6,02 million tashrif buyuruvchiga ko’proqdir.
Shuningdek, ushbu 11 oylik davr mobaynida 145 098 dan ortiq xonaga ega 794 ta mehmonxona muassasasi ochilib, 73% bandlik darajasiga erishdi, bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir.