Fotosayr: Islom sivilizatsiya markazi bo‘ylab

E’lon qilingan sana· 1 253
Fotosayr: Islom sivilizatsiya markazi bo‘ylab

Toshkentning tarixiy yuragi hisoblangan Hazrati Imom majmuasi va u joylashgan Qorasaroy ko‘chasi rekonstruksiya ishlaridan so‘ng bahavo joyga aylandi. Xususan, majmua yonida qurilgan Islom sivilizatsiya markazi poytaxtga Samarqanddagi Registon muhitidan bir parcha bergandek bo‘ladi, go‘yo.

Zarqaynar ko‘chasidan majmua tomon yurib borarkansiz, sizni o‘zbekona uslubda qurilgan mehmonxonalar, hunarmandlar va oziq-ovqat do‘konlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qarshilaydi. Ulardan quruq mevalar, atlas-adras matolari, milliy kiyim-kechaklar, so‘zana va gilamlar hamda sopol buyumlar xarid qilsa bo‘ladi. Har biri alohida ko‘rinish va uslubga ega bo‘lgan bu binolarda istalgancha suratga tushish mumkin, ular siz uchun o‘zgacha, lekin tekin fon vazifasini o‘taydi.

Ko‘chada yaqinda qurilgan tunnelning usti Islom sivilizatsiya markazining old tomonini keng ochiq maydon qilish imkonini bergan. Bu yerda bolalar to‘p o‘ynashi, velosiped yo samokatda uchishi mumkin. Qolaversa, markaz atrofi bo‘ylab ko‘chatlar o‘tqizilgan, o‘rindiqlar o‘rnatilgan, umuman olganda, sayr qilish, bir oz to‘xtab, suhbat qurish yoki atrofni tomosha qilish uchun sharoit yaratilgan.

Garchi qurilish ishlari hali to‘laligacha yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, bu manzilga mahalliy va xorijiy sayyohlarning kelib-ketishi davom etmoqda. Siz ham bu imkoniyatni dam olish kunlari, yomg‘ir mavsumi boshlanmasidan amalga oshirib oling.

Sayrni boshlash uchun start nuqtasi mana bu yerda.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Fotosayr: Abdulla Qodiriy (Ganga) sayilgohi

Ikki yoni yashillik bilan o‘ralgan alleya oila, do‘stlar yoki yaqin insoningiz bilan sayr uchun muqobil variant bo‘ladi.

Fotosayr: Oqtepa kanali

Bu yer tongda yoki kechqurun yugurish, velosiped haydash, bolalar bilan sayr qilish yoki, shunchaki, dam olish uchun kelisga muqobil variant.

Fotosayr: "Shahidlar xotirasi" maydoni

Shahidlar xotirasi maydoni o‘zining alohida sukunat, xotira va qadr-qimmat muhiti bilan sayr qilish uchun e’tiborga loyiqdir.

Fotosayr: Anhor boʻyi

Afisha.uz Toshkentning ko‘rkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli maskanlari bo‘ylab “Fotosayr” ruknini davom ettiradi.

Fotosayr: "Moviy gumbazlar" xiyoboni

Afisha.uz Toshkentning koʻrkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli boʻlgan manzillari boʻylab fotosayr ruknini boshlaydi.