Anons

Toshkentda Gullar festivali

E’lon qilingan sana· 322
Toshkentda Gullar festivali

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda “Flower Fest-2025” Gullar festivali boʻlib oʻtadi.

Festival jamoatchilik e’tiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarning ekologik ongini shakllantirish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishni maqsad qilgan.

Festival dasturi quyidagicha:

1-may

  • 11:00−13:00 — Fon musiqiy ohanglari karnay-surnay va doirachilar jamoasi chiqishlari;
  • 13:00−15:00 — Yunusobod tumani madaniyat bo‘limidagi badiiy havaskor jamoalar va milliy madaniy markazlar chiqishlari;
  • 15:00−16:00 — “Mavrid band” konsert dasturi;
  • 16:00−18:30 — Mirobod tumani madaniyat bo‘limi jamoalari va 20-son BMSM raqs jamoasi chiqishi;
  • 18:30−19:15 — 20-son BMSM teatr jamoasi spektakli namoyishi;
  • 19:15−19:30 — Yasmina Xusnutdinova (xalqaro va respublika tanlovlari g‘olibasi) chiqishi;
  • 19:30−21:00 — Estrada yulduzlari — “Kristal” guruhi konserti;
  • 21:00−23:00 — DJ-shou;

2-may

  • 11:00−13:00 — Musiqiy ohanglar;
  • 13:00−15:00 — Yunusobod tumani madaniyat bo‘limidagi badiiy havaskor jamoalari, 3-son BMSM raqs jamoasi va milliy madaniy markazlar chiqishlari;
  • 15:00−16:00 — “Mavrid band” konsert dasturi;
  • 16:00−18:00 — Mirobod tumani madaniyat bo‘limidagi badiiy havaskor jamoalar konserti;
  • 18:00−19:30 — Yakkasaroy va Yashnobod tumani madaniyat boʻlimlari tasarrufidagi badiiy havaskorlik jamoalari konsert dasturi;
  • 19:30−21:00 — Estrada yulduzlari — “Kristal” guruhi konserti;
  • 21:00−23:00 — DJ-shou;

3-may

  • 11:00−12:30 — Musiqiy ohanglar;
  • 12:30−14:00 — Yunusobod tumani madaniyat bo‘limidagi badiiy havaskor jamoalari va milliy madaniy markazlar chiqishlari;
  • 14:00−15:00 — “Mavrid band” konsert dasturi
  • 17:00−18:00 — 20-son BMSM teatr jamoasi spektakli namoyishi;
  • 18:00−19:00 — Mirobod tumani madaniyat bo‘limidagi badiiy havaskor jamoalar konserti;
  • 19:00−19:30 — “Mumtoz navo” ansambli chiqishi
  • 19:30−21:00 — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera konsert dasturi
  • 21:00−23:00 — DJ-shou
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval