Toshkentda hafta davomida harorat 10° ga pasayishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 222
Toshkentda hafta davomida harorat 10° ga pasayishi kutilmoqda

28-apreldan 2-maygacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda ish haftasi +37° issiqlik bilan boshlanadi va haftaning o‘rtasiga kelib kunduzi harorat 10 darajaga, ya’ni +27° gacha pasayadi.

Dushanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lib, harorat +37° gacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +21° gacha pasayadi.

29-aprel kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +33° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +14° gacha pasayadi.

Chorshanba kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lib, harorat +27° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham kam bulutli bo‘lib, harorat +16° gacha pasayadi.

1-may kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +29° gacha ko‘tariladi. Kechasi o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +18° gacha pasayadi.

Juma kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +30° gacha ko‘tariladi. Shanba kuniga o‘tar kechasi kam bulutli bo‘lib, harorat +16° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling