"Samarqand noni – xalq brendi" festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 104
"Samarqand noni – xalq brendi" festivali boʻlib oʻtadi

Samarqandda 16−17-may kunlari ilk bor “Samarqand noni — xalq brendi” festivali oʻtkaziladi.

Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

  • Samarqand noni ko‘rgazmalari;
  • Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasida Samarqand noni tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Samarqand noni tarixi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda — konferensiya;
  • “Samarqand nonini bezash va mahoratli yopish” ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda — ko‘rik-tanlov);
  • Mahalliy va xorijiy davlat nonvoylardan mahorat darslari;
  • Sayllar, mamlakatimiz tandir uylarining zamonaviy va kreativ uslubdagi ko‘rgazmalari;
  • Samarqand noni tarixi, qiziqarli hikoyalar va uni tayyorlash jarayoni haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etuvchi illyustrativ kitoblar chop etish;
  • Festival ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimlari, shuningdek, xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi madaniy-ma'rifiy, ommaviy-sport va ommaviy-konsert tadbirlari.

Festival uch xil — oʻzbek, ingliz va rus tillarida oʻtkaziladi. Unda olimlar, mutaxassislar, ishbilarmonlar, nonvoylar ishtirok etishlari mumkin, ulardan bu uchun bu yerda koʻrsatilgan hujjatlar talab etiladi.

“Samarqand nonini bezash va mahoratli yopish” ko‘rik-tanlovida ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda mezonlar belgilab qoʻyilgan. Gʻolib va sovrindorlar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  • Oliy o‘rin (1 nafar) — 50 mln so‘m;
  • 1-o‘rin (1 nafar) — 30 mln so‘m;
  • 2-o‘rin (1 nafar) — 20 mln so‘m;
  • 3-o‘rin (1 nafar) — 10 mln so‘m:
  • “Eng yoshi katta nonvoy” — 5 mln so‘m;
  • “Eng yosh nonvoy” — 5 mln so‘m.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling