Media sohasidagi mehnat yarmarkasi

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida media sohasidagi mehnat yarmarkasi — “Media Job Fair-2025” boʻlib oʻtadi.
Yarmarkada bir qator xususiy va davlat ommaviy axborot vositalari, vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari, shuningdek, korporativ sektor vakillari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida bir necha ommaviy axborot vositalarining o‘z faoliyati haqidagi taqdimotlari va sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarning mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbirda nafaqat talabalar, balki ish izlayotgan jurnalistlar, muharrirlar, marketologlar, rejissyorlar, operatorlar, montajchilar, fotograflar va faoliyat doirasini kengaytirish imkoniyatlari bilan qiziquvchi boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishi mumkin.
Kirish bepul.
Jadval
- Jurnalistika va ommaviy aloqalar universiteti29-aprelseshanba10:00Toshkent, Киёт, 80