Ertaga Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi
E’lon qilingan sana: · 92

23-aprel kuni Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va yirik shaharlarda transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkaziladi.
Vazirlikning qayd etishicha, shu kuni davlat tashkilotlarining barcha rahbar va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga shaxsiy transport vositalaridan jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalari foydasiga voz kechish tavsiya etiladi.