O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi avtomobillar uchun yopiladi
E’lon qilingan sana: · 84

24-aprel soat 07:00 dan 30-mayga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
“Cheklov ko‘chani aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharsozlik standartlariga muvofiq kecha-yu kunduz ishlaydigan joyga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli infratuzilmaviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq”, — deyiladi tuman hokimligi xabarida.
Avvalroq Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yaxyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun 30-aprelgacha yopilgandi.