Toshkentda yangi Artera Studio san’at maskani ochildi

E’lon qilingan sana· 210
Toshkentda yangi Artera Studio san’at maskani ochildi

Toshkent shahrida yangi Artera Studio san’at maskani ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ochilish munosabati bilan 20-apreldan boshlab O‘zbekistonning uch nafar rassomi Dilorom Mamedova, Dilmurod Yo‘ldoshev va Abduhakim Karimovning ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

San’at maskaniga tashrif buyuruvchilar uchun ushbu koʻrgazma bir oy davomida ishlaydi. Ma’lumot uchun, studiya har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha ochiq boʻladi, koʻrgazmaga kirish esa bepul.

Artera Studio manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydoni.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling