Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash kameralari o‘rnatildi

E’lon qilingan sana· 86
Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash kameralari o‘rnatildi

Toshkent aeroportining xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yo‘lovchilar o‘z yuklarini tashlab, shaharda vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan avtomatik javonlar o‘rnatildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.

Xalqaro terminalda yuklarni saqlash kameralari uchib ketish zalining birinchi qavatida oʻrnatilgan boʻlib, tun-u kun faoliyat olib boradi.

  • Yuklarni saqlash narxi — bagaj hajmiga qarab 1 soat uchun 15 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha;
  • Ruxsat etilgan o‘lchamlar: standart — 60×50×80 sm, o‘rta — 90×50×80 sm va katta — 180×50×80 sm.

Mahalliy aviaqatnovlar uchun moʻljallangan terminalda esa uchib ketish va uchib kelish zallari o‘rtasida joylashgan, u ham 24 soat ishlaydi. Yuklarni saqlash narxi soatiga 10 000 so‘m (barcha turdagi bagaj uchun yagona tarif). Ruxsat etilgan o‘lchamlar: kichik — 43×50×34 sm, standart — 60×50×80 sm.

Avtomatik yuklarni saqlash javoni uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: saqlash joyi tanlanadi va naqd pul yoki bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling