Sergelidagi asosiy koʻchalardan biri uch kunga yopiladi

E’lon qilingan sana· 117
Sergelidagi asosiy koʻchalardan biri uch kunga yopiladi

Poytaxtning Sergeli tumanidagi “Jaloyir” ko‘chasi 18−19−20 aprel kunlari avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu koʻchada asfaltlashtirish ishlari olib boriladi. Hokimlik vujudga kelishi mumkin boʼlgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yoʼllardan foydalanishni tavsiya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling