Toshkent tumanlarining ba'zi hududlarida elektr vaqtincha to‘xtatiladi

Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar elektr tarmoqlari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 17-apreldan 21-aprelgacha poytaxtning Olmazor va Yunusobod tumanlarida ayrim hududlar elektr energiyasidan vaqtincha uziladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar “Toshkent IES” hamda yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini xavfsiz modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarda eskirgan elektr qurilmalari zamonaviy uzatish kabellariga almashtiriladi.
Ishlar har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha davom etib, quyidagi mahallalarning aholi xonadonlarida va ulgurji iste’molchilarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin:
Olmazor tumani:
- Ahil;
- Elparvar;
- Ibrohim ota;
- Gulzor;
- Qorasaroy;
- Oltinsoy MFY (qisman);
- Moyariq;
- Miskin mahallalarida;
Yunusobod tumani:
- Astraobod
- Turkiston
- Ming Chinor
- Nurmakon
- Sobirobod
- Hamkorobod
- Katta Hasanboy
- Sharq Haqiqati
- Registon
- Yoʻlariq
- Uch qahramon mahallalarida.
Shuningdek, Toshkent shahar elektr tarmoqlari ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq tugashi mumkinligini bildirdi.