Toshkentda ilk shokolad muzeyi ochiladi

E’lon qilingan sana· 253
Toshkentda ilk shokolad muzeyi ochiladi

Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona shokolad muzeyi Toshkentda ishga tushmoqda, deya xabar beradi Madaniy meros agentligi axborot xizmati.

Muzey 17-apreldan boshlab Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida faoliyat boshlaydi. Unda quyidagilarni koʻrish mumkin boʻladi:

  • shokoladdan yasalgan O‘zbekiston hamda dunyo madaniy yodgorliklari;
  • shokoladlar olamiga sayohat: uning tarixi, yaratilish jarayoni;
  • maxsus shokolad tayyorlash ustaxonasi;
  • esdalik uchun foto hududlar;
  • kakao bog‘chasi.

Muzey ish boshlagandan keyin har kuni 10:00 — 23:00 ochiq boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling