Hafta oxiriga borib harorat biroz pasayadi

E’lon qilingan sana· 319
Hafta oxiriga borib harorat biroz pasayadi

Toshkent shahrida 14—18-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlariga koʻra, ish haftasi oxirida kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Dushanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, harorat +28° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham havo biroz bulutli boʻladi, lekin harorat +14° gacha pasayadi.

15-aprel kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +28° gacha ko‘tarilishi, kechasi esa bulutli bo‘lishi, harorat +15° gacha tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni kunduzi oʻzgaruvchan bulutli ob-havo boʻladi, harorat kunduzi +23° gacha koʻtarilishi, kechasi esa harorat +13° gacha tushadi.

17-aprel kuni kunduzi kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda (yomg‘ir ehtimoli 70%), havo harorati +21° gacha ko‘tariladi. Kechasi yomgʻir yogʻishi (yomgʻir ehtimoli 70%, yogʻingarchilik taxminan 6 mm) va harorat +12° gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin sezilarli bulutli havo boʻladi, harorat +17° gacha koʻtariladi. Shanba kuni kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik va harorat +8° gacha tushishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling