Hafta davomida havo bir maromda issiq boʻladi

E’lon qilingan sana· 79
Hafta davomida havo bir maromda issiq boʻladi

7−11-aprelgacha Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlib, havo harorati +28° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi harorat +15 ° gacha tushadi.

8-aprel kuni kunduzi sezilarli bulutli boʻlishi, havo harorati +28° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo harorati +15° gacha tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlib, harorat +22° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, haroratt +13° gacha tushishi kutilmoqda.

10-aprel kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +27° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +14° gacha tushadi.

Juma kuni tushdan keyin biroz bulutli havo kuzatiladi, harorat +30° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻlishi, havo harorati +16° gacha tushishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling