Buxorodagi 5 ta butik mehmonxona: Manzil, narxlar va kontaktlar – 2025

Buxoroga borgan har bir kishi nafaqat tarixni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni, balki uni his qilishni ham xohlaydi. Undagi har bir jin ko‘cha, naqshinkor eshik va mo‘jaz hovli asrlar davomida shakllangan muhitning bir bo‘lagi hisoblanadi. Shahar ruhiga hamohang qurilgan mehmonxonalar esa faqat tunash uchun joy bo‘lib qolmay, uning ritmiga moslashish imkoniyatini beradi.
Ushbu maqolada ana shunday vaybni beruvchi, milliylik va komfort uyg‘unlashgan beshta (+bonus) mehmonxona haqida ma’lumot beramiz.
Eslatma: quyidagi narxlar tashrif buyuruvchilarning oqimi, qulayliklar, qo‘shimcha xizmatlar va mavsumga qarab o‘zgarib turishi mumkin.
Kukaldosh boutique hotel
Mehmonxona Labi Hovuz majmuasiga yaqin bo‘lib, shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga piyoda borish mumkin. Bepul avtoturargoh hamda qo‘shimcha haq evaziga aeroport va vokzalga transfer xizmati mavjud.
Standart xona narxi 1 kishi uchun 885 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 5 km, Buxoro vokzalidan 13 km uzoqlikda.
Manzil: Mehtar Ambar ko‘chasi, 115-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 65−224−5399.
Duston boutique hotel
Mehmonxona Ko‘kaldosh madrasasi, Toqi Telpakfurushon savdo gumbazi va Govkushon majmuasi kabi diqqatga sazovor joylarga yaqin masofada joylashgan.
Bir yotoqli 2 kishilik xona narxi 760 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 11:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 5 km, Buxoro vokzalidan 14 km uzoqlikda.
Manzil: Mehtar Ambar ko‘chasi, 45-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 99−712−2400, (+998) 55−312−2400.
Kavsar boutique hotel
Buxoro shahrining markazida joylashganiga qaramay, ushbu mehmonxona o‘z mehmonlariga osoyishta dam olish muhitini taqdim etadi. Jimjit va keng xonalar, turli-tuman taomlari bilan lazzatli nonushta, mehribon xodimlar, eng asosiysi esa — bu yerda haqiqiy Buxoro xonadonining ruhi saqlanib qolgan.
Standart xona narxi 1 kishi uchun 520 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 5 km, Buxoro vokzalidan 13 km uzoqlikda.
Manzil: Bahouddin Naqshbandiy ko‘chasi, 112-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 91−406−3883.
Minzifa boutique hotel
Bundan tashqari, mehmonxona Labi Pool majmuasidan atigi 150 metr masofada joylashgan bo‘lib, kechki paytda diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun juda qulay. Xonalar barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan, mehmonxonaning ayrim xonalari esa 17-asrda qurilgan tarixiy binoda joylashgan.
Standart xona narxi: 1 kishi uchun 770 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 5 km, Buxoro vokzalidan 14 km uzoqlikda.
Manzil: Eshoni Pir ko‘chasi, 63-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 93−477−0800.
Basilic boutique hotel
Mehmonxonada jami 18 ta xona mavjud bo‘lib, ularning barchasi an’anaviy o‘zbek me’morchiligi uslubida bezatilgan. O‘ymakor va naqshli devorli restoran, o‘yma naqshli eshik tutqichlari, devorlardagi pannolar kishini o‘zbek saroyi muhitiga chorlab qo‘yadi.
Standart xona: narxi 1 kishi uchun 620 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 12:00, chiqish 12:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 5 km, Buxoro vokzalidan 13 km uzoqlikda.
Manzil: Bozor xoʻja ko‘chasi, 15-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 90−711−1311.
Bonus: Mercure Bukhara old town hotel
U Buxoro shahridagi yagona 4 yulduzli mehmonxona bo‘lib, qishki va yozgi basseyn, turk hammom, fitnes va spa markazlariga ega. Qolaversa, zamonaviy qulayliklari va tarixiy me’morchilikni birlashtirgan dizayni orqali shahardagi boshqa mehmonxonalardan ajralib turadi.
Bir yotoqli 2 kishilik xona narxi 1 mln 690 ming so‘mdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 14:00, chiqish 12:00.
Buxoro xalqaro aeroportidan 6 km, Buxoro vokzalidan 14 km uzoqlikda.
Manzil: Samarqand ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (+998) 55−305−0707.
