Gulistondan Chinorkentgacha boradigan tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 1 375
Gulistondan Chinorkentgacha boradigan tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

28-martdan boshlab “Guliston — Toshkent — Chinorkent — Toshkent — Guliston” yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 7211-sonli “Guliston — Toshkent” tezyurar poyezdi haftaning har kunida qatnaydi.

Shuningdek, 7212-sonli “Toshkent — Guliston”, 7207/7208, 7209/7210-sonli “Toshkent — Chinorkent — Toshkent” tezyurar poyezdlari seshanba kunidan tashqari har kuni qatnovni amalga oshiradi.

Quyida batafsil jadval keltirilgan:

  • 7211-sonli “Guliston — Toshkent “yoʻnalishi: Guliston 06:11 — Toshkent 07:58;
  • 7207-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi: Toshkent 08:15 — Chinorkent 10:15;
  • 7208-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi: Chinorkent 10:55 — Toshkent 12:28;
  • 7209-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi: Toshkent 13:20 Chinorkent 14:53;
  • 7210-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi: Chinorkent 15:43 — Toshkent 17:16;
  • 7212-sonli “Toshkent — Guliston” yoʻnalishi: Toshkent 17:31 — Guliston 19:00.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling