Toshkentda ichimlik suvi vaqtincha oʻchiriladi

Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan Toshkent shahrida 7-apreldan 16-maygacha ichimlik suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti”.
Qayd etilishicha, 2025-yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari jadvalini ushbu havola orqali koʻrish mumkin. Shuningdek, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuborilishi xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, (+998) 71−256−1095, (+998) 71−252−6008 telefon raqamlari yoki 1054 qisqa raqami orqali “Toshkent shahar suv ta’minoti” Markaziy dispetcherlik xizmatiga bog‘lanish mumkin.