Anons

Samarqandda xalqaro ta'lim koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 215
Samarqandda xalqaro ta'lim koʻrgazmasi

Samarqand shahridagi “SOF EXPO” ko‘rgazmalar markazida “World Edu 2025” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlarining rasmiy vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi, chet elda ta’lim olish imkoniyatlari, tanlangan oliy o‘quv yurtiga stipendiya yoki ta’lim grantlarini olish imkoniyati, shuningdek, o‘qishga kirish mezonlari haqida ma’lumot olishi mumkin.

OTM dasturlari:

  • bakalavr
  • magistratura
  • aspirantura
  • doktorantura

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, shuningdek Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlarning ta’lim muassasalari ishtirok etadi.

Koʻrgazmaga kirish bepul. Ko‘rgazma kunlari temir yo‘l vokzalidan ko‘rgazma majmuasigacha va orqaga bepul transport mavjud.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 55−704−0705.

    Telegram kanalimizga obuna bo‘ling